O‘zbekistonda qatorasiga ikkinchi kun so‘mning qadri oshib bormoqda

22-avgust kuni valyuta birjasidagi savdolar chog‘i AQSH dollari 9371 so‘m baholandi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Banklarga valyutani naqd sotishga ruxsat berilib, Markaziy bank so‘mni erkin qo‘yib yuborganidan so‘ng qatorasiga ikkinchi kun so‘mning qadri oshib bormoqda.

Oxirgi bor shunday holat mayda, dollar 8448 so‘mdan hisob-kitob qilinayotganda qayd etilgandi.

Shu bilan birga, savdolar hajmi keskin kamayib ketdi: 21-avgust kuni 150 million dollardan ortiq valyuta sotilgan bo‘lsa, 22-avgust kuni bu summa 66,2 million dollargacha pasaydi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

O‘zbekistonliklar bir kunda 15 mln dollar sotib oldi

Чт Авг 22 , 2019
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston banklari xorijiy valyutani naqd pulda sotishni boshladi. Markaziy bank Pul-kredit siyosati departamenti direktori Behzod Xamrayevga ko‘ra, bir kun ichida aholi tomonidan 15 million dollardan ortiq valyuta xarid qilingan. Shundan 9,6 million dollar naqd ko‘rinishda amalga oshirilgan. Bundan tashqari, banklar aholidan 20 million dollar miqdorida xorijiy valyuta xarid qildi.