Qanday hollarda avtomobil yo‘llarida harakat cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin?

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali qanday hollarda harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Quyidagi holatlarda avtomobil yo‘llarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash mumkin:

— noqulay ob-havo sharoitlarida;

— tabiiy ofatlar yuz berganda;

— yong‘inlar yuz berganda;

— avtomobil yo‘li ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotganda va boshqa shunga o‘xshash hollarda;

— ta’mirlash-qurilish ishlari olib borilayotganda.

Bunda yo‘l tashkilotlari mahalliy davlat hokimiyati organlariga bildirgan, ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilgan hamda tegishli belgilar o‘rnatgan holda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalari bilan birgalikda transport vositalari harakatini cheklaydi yoki taqiqlaydi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

“Tonirovka” uchun ruxsatnoma qanday ko‘rinishga ega?

Вт Авг 6 , 2019
5-avgustdan joylardagi bank bo‘limlarida buning uchun to‘lovlar qabul qilinishi boshlandi. Ayrim foydalanuvchilar “tonirovka” uchun olgan ruxsatnomalari fotosini ijtimoiy tarmoqlarga joylamoqda.