Qo’ng’irot va Xo’jayli tumanlarida AKT sohasi bo’yicha sayyor qabo’l o’tkazildi

Bugun O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan Qo’ng’irot va Xo’jayli tumanlarida hudud  aholisi va maqon va ovul fuqarolar yig’inlari raislari ishtiroqida sayyor kabul o’tkazildi.

Mazkur sayyor qabullarda O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig’i T.Baekeev, 

Qo’ngg’irot tumani hokimining Ekologiya va Orolbo’yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari A.Shabatov, Xo’jayli tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Q. Seytmuratov va boshqalar ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan tumanlardagi simli aloqa, Internet xizmati, yuqori tezlikdagi internet va mobil kompaniyalarning baza stantsiyalari qamrovi kabi sohaga oid 28 ta  murojaatlar kelib tushdi.

Ahamiyatli tarafi ko’tarilgan masalalarning 24 tasi joyida ijobiy hal etildi.

Qolgan to’rtta murojaatning qo’shimcha o’rganishni talab qilgani sababli, tumanlar mutasaddi rahbar-xodimlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Axborot xizmati

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

“Obod qishloq” dasturi ijrosi muhokama qilindi

Вс Июл 28 , 2019
Bugun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Qahraman Sariev Taxiatosh tumaniga tashrif buyurib, “Obod qishloq” dasturi ijrosi doirasida hududda ichki yo’llarni ta’mirlash, aholi ichimlik suvi, gaz va elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, xizmat ko’rsatish hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish-ta’mirlash, shuningdek,  yakka tartibdagi uylarni ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ob’ektlar bilan tanishdi. Tashrif davomida […]