Savollar varaqasini internetga chiqargan abituriyent test jarayonidayoq imtihondan chetlatildi! (+video)

Bugun, 1 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari savollar varaqasining rasmi tarqalib ketdi. Buni amaalga oshirgan abituriyent o‘sha zahotiyoq imtihondan chetlashtirilgan, deb yozadi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining Telegram-kanalida.

Aniqlangan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat Toshkent shahridagi Oliy o‘quv yurtlariaro majmuadagi test sinovlari chog‘ida sodir bo‘lgan. Va rasmlar Telegram’dagi bir guruhga soat 9:40 da tashlangan.

Davlat test markazi allaqachon ushbu holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirgan. Unda aytilishicha, ushbu abituriyent test sinovlarining o‘zidayoq qo‘lga tushgan va dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlaridan chetlatilgan. DTM unga nisbatan dalolatnoma tuzilganining videosini ham kanalga joylagan.

Davlat test markazi
​​RADDIYA

Ba’zi norasmiy manbalarda «Mana sizga shaffoflik! Mana sizga musaffo osmon!» nomi bilan rasm tarqaldi.

Davlat test markazi nomidan norasmiy faoliyat yuritib, Davlat test markazi borasida ommada noto’g’ri va salbiy tushuncha paydo bo’lishiga sabab bo’layotgan ushbu manbada abituriyentlardan biriga tegishli bo’lgan test topshiriqlari kitobining rasmga tushirilgan holati e’lon qilingan. Vaholanki, mazkur abituriyent tartib-qoidani buzgani shu vaqtning o’zidayoq aniqlanib test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Barchaga norasmiy manbalarga ishonmaslikni tavsiya etamiz va test sinovlarini www.test2019.uz sayti orqali «online» kuzatib borish mumkinligini eslatib o’tamiz.

Davlat test markazining rasmiy telegram kanali:

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida xalqaro arbitraj islohoti o‘tkaziladi

Сб Авг 10 , 2019
O‘zbekiston Adliya vazirligi Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning O‘zbekistonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida Xalqaro arbitraj islohotini o‘tkazish uchun 225 ming dollar miqdoridagi texnik ko‘magini jalb qildi. Adliya vazirligidan ma’lum qilishlaricha, OTBning texnik ko‘magi quyidagilarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi: zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish, […]