Superkontrakt narxlari pasayishi kutilmoqda

Davlat qabul komissiyasining yaqin vaqt ichida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan qarori bilan, superkontrakt narxlari pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.

Superkontrakt narxlari stipendiyasiz to‘lanadigan kontrakt miqdoriga nisbatan belgilanayotgani munosabati bilan, uning narxida pasayish bo‘lishi kutilmoqda. Ma’lumot uchun, 2019-yildan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalar shartnoma pulini stipendiyali yoki stipendiyasiz variantda to‘lashi mumkin.

Shunchaki misol uchun: 2018-yili superkontrakt miqdori 11 million so‘mning 15 barobari, ya’ni 165 million so‘m etib belgilangan bo‘lsa, 2019-yilda 1 yillik stipendiya miqdori (4,8 million so‘m) chegirib tashlanib, 6,2 million so‘mning 15 barobari, ya’ni 93 million so‘m etib belgilanadi.
Boshqacha aytganda superkontrakt miqdorlari quyidagicha arzonlashadi:
10 barobarda — 48 million so‘mga;
15 barobarda — 72 million so‘mga;
20 barobarda — 96 million so‘mga;
25 barobarda — 120 million so‘mga.
Xushnud Xudoyberdiyev

Huquqshunosning alohida qayd etishicha, 2019-yildan boshlab Davlat qabul komissiyasi superkontraktning faqat eng kam miqdorini belgilab beradi, oliy ta’lim muassasalari shu minimumdan kam bo‘lmagan holda superkontrakt narxini mustaqil belgilash huquqiga ega. “Lekin shunda ham baribir o‘tgan yilgidan arzonroq bo‘lsa kerak”, — deb qo‘shimcha qilgan u.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Ektor Kuperning O‘zbekistondagi safari ham qaridi(mi?)

Вт Сен 10 , 2019
O‘zbekiston terma jamoasining so‘nggi o‘yinlardagi ishtiroki haqida 2-avgust, 2018-yil. O‘zbek futboli muxlislari orziqib kutgan kun keldi — O‘zbekiston terma jamoasiga xorijlik mutaxassis bosh murabbiy etib tayinlandi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining o‘sha vaqtdagi rahbariyati (Umid Ahmadjonov boshchiligidagi mutasaddilar) bergan va’dasining ustidan chiqdi. To‘g‘ri, hamma birdek intiq bo‘lib kutgan Karlush Keyrush emas, balki […]