Urgutlik o‘quvchining sochini majburlab olgan va unga jarohat yetkazgan maktab direktori o‘rinbosariga intizomiy chora ko‘rildi

Samarqand viloyati Urgut tumani xalq ta’limi bo‘limi tumandagi maktablardan birida direktor o‘rinbosari 11-sinf o‘quvchilarining sochini majburlab olgani va ularga jarohat yetkazgani bo‘yicha munosabat bildirdi. Bu haqda “Zarnews” xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, tumanidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh. Ochilov 11-sinf o‘quvchisi O.X.ning sochini o‘sgan holda maktabga kelganligi sabab, boshqa o‘quvchilar oldida uning sochini olib tashlagan. Qaychining tig‘idan O.X.ning boshiga shikast yetgan.

Ushbu voqea aks etgan fotosurat va ma’lumotlar yuzasidan 23-sentyabr kuni tumandagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilgan. Maktabda “Odob-axloq qoidalari” va bola huquqlarining doimiy kafolatlanishi to‘g‘isida tuman xalq ta’limi tizimida ishlayotgan barcha pedagog xodimlarga yetkazilgan. Bu bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, rahbarlardan kafolat xatlari olingan.

“47-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Ochilov berilgan topshiriqlarga amal qilmagani, befarqligi uchun Mehnat kodeksining tegishli moddasiga asosan intizomiy chora ko‘rilgan”
Urgut tumani xalq ta’limi bo‘limi

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Ramzan Qodirov Grozniydagi savdo markazida yuz bergan yong‘inni xursand bo‘lib videoga olgan shaxslarni topishni buyurdi

Вс Сен 29 , 2019
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Grozniydagi “Grand Park” savdo markazida yuz bergan yong‘in chog‘ida quvonchini yashirmagan barcha shaxslarni topishni buyurdi. Bu haqda u aholi salomatligini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha majlisda ko‘rsatma bergan, deya ma’lum qiladi “Checheniston bugun” axborot agentligi. “Bittasi turvolib tasvirga oladi va mamnunligini yashirmay xirgoyi qiladi. U nimadan xursand bo‘lyapti? Kimdir […]