Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

19-avgust kuni yadroviy energiya departamenti bosh direktori o‘rinbosari Mixail Chudakov boshchiligidagi Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) delegatsiyasi Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif dasturidan Energetika vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va “O‘zatom” agentligida muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Bundan tashqari, Mixail Chudakov Rossiya milliy yadro tadqiqot institutining “Moskva injenerlik-fizika instituti” o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashadi hamda atom energiyasi rivoji to‘g‘risida ma’ruza qiladi. U shuningdek, Samarqand davlat universiteti va O‘zbekiston Atom texnologiyalari axborot markaziga tashrif buyuradi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

AQSh O‘zbekistonga vazirliklar xarajatlari haqidagi ma’lumotni oshkor etishni tavsiya qildi

Пн Авг 19 , 2019
15-avgust kuni AQSh Davlat departamenti yillik moliyaviy shaffoflik hisobotini e’lon qildi. O‘zbekiston shaffoflikning minimal talablariga javob bermaydigan 67 ta mamlakat qatoriga kirdi, deb xabar bermoqda Spot. Bu yerda respublika Ozarbayjon, Turkmaniston, Iroq, Pokiston, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar bilan qo‘shni. Talablarga javob beradiganlar orasida Gruziya, Armaniston, Moldova, Turkiya, Polsha, Slovakiya, Afg‘oniston, Qirg‘iziston va […]