Deyarli 100 kilogramm bo‘lgan Beyonse qanday ozganini oshkor qildi (video)

Amerikalik qo‘shiqchi Beyonse egizaklari tug‘ilganidan so‘ng qanday ozganini ma’lum qildi. U ozish haqidagi videoni o‘zining Youtube’dagi sahifasiga joyladi.

Foto: Peopletalk

Avvalroq Beyonse tug‘ruqdan so‘ng qariyb 100 kilogrammga semirib ketganini aytgan edi. Videolavhaning boshida u yana taroziga chiqqan va vazni qariyb 80 kilogrammligini ko‘rgan. “Hali uzoq ishlashim kerak ekan”,—deydi va Coachella festivaliga qadar qomatini tartibga keltirmoqchi ekanligini aytgan. Shuningdek, farzandlari tug‘ilgach, uning tanasi huddi o‘ziga tegishli emasdek sezganini aytib o‘tgan.

Videoda Beyonsening do‘sti — fiziolog va sport murabbiyi Marko Borxes o‘ylab topgan 22 Days Nutrition (22 kunlik ovqatlanish) dasturi ham tilga olingan. Qo‘shiqchi 44 kun davomida ko‘proq o‘simlik mahsulotlarini iste’mol qilish va go‘shtdan butunlay voz kechish nazarda tutilgan ushbu dasturdagi parhezga amal qilgan. Bundan tashqari, u faol ravishda sport bilan shug‘ullangan o‘z mashg‘ulotlariga krossfit va tortishish mashqlarini ham kiritgan.

Borxesning so‘zlariga ko‘ra, bunday ovqatlanish tartibi qo‘shiqchiga quvvat va yaxshi kayfiyat bag‘ishlagan, shuningdek, Coachella festivaliga qadar ozishga yordam bergan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Jahongir Otajonovni pulga “cho‘miltirishdi”

Вс Июл 28 , 2019
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonov bilan bog‘liq yana bir videolavha tarqaldi. Unda xonanda tadbirlarning birida qo‘shiq kuylayotganida ustidan pul sochishgani aks etgan. Avvaliga bir yigit kelib ustidan pul sochgan. So‘ngra pul sochish uchun unga boshqa yigitlar ham qo‘shilgan. Bu paytda Jahongir Otajonov kuylashda davom etgan. Sochilgan pullar ko‘p bo‘lganidan xonanda pulga […]