Forbes nashri Habib Nurmagomedovni 40 yoshdan kichik rossiyalik eng mashhur inson deb topdi

Forbes jurnalining versiyasiga ko‘ra, dog‘istonlik MMA jangchisi Habib Nurmagomedov 40 yoshdan kichik bo‘lgan rossiyalik eng yosh va eng mashhur inson ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Newstracker

Forbes jurnali shou-biznes va sport sohasida 40 yoshdan kichik bo‘lgan insonlarning OAVdagi mashhurligi va boyligini hisoblab chiqdi.

Reytingga aralash janglar bo‘yicha dog‘istonlik chempion Habib Nurmagomedov yetakchilik qildi. Uning boyligi 11,5 million dollarga baholangan. Bir yil davomida matbuotda Habib haqida 75 ming marotaba yozilgan.

Ikkinchi o‘rinni pop-qo‘shiqchi va teleboshlovchi Olga Buzova egalladi. U yil davomida 4,4 million dollar daromad ko‘rgan va 73 ming marotaba OAVda eslab o‘tilgan.

Uchinchi o‘rinni esa xokkey yulduzi Aleksandr Ovechkin 14,5 million dollar bilan band etdi. Ovechkinning ismi OAVda 59 ming marotaba “tilga olingan”.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Deyarli 100 kilogramm bo‘lgan Beyonse qanday ozganini oshkor qildi (video)

Вс Июл 28 , 2019
Amerikalik qo‘shiqchi Beyonse egizaklari tug‘ilganidan so‘ng qanday ozganini ma’lum qildi. U ozish haqidagi videoni o‘zining Youtube’dagi sahifasiga joyladi. Avvalroq Beyonse tug‘ruqdan so‘ng qariyb 100 kilogrammga semirib ketganini aytgan edi. Videolavhaning boshida u yana taroziga chiqqan va vazni qariyb 80 kilogrammligini ko‘rgan. “Hali uzoq ishlashim kerak ekan”,—deydi va Coachella festivaliga qadar qomatini […]