Universitetlarning kirish imtihonlari qallobliklariga bag‘ishlangan “Birinchi avgust” filmi suratga olindi (foto)

“O‘zbekkino” hamda “Olov nur media” studiyasi tomonidan  “Birinchi avgust” filmi suratga olindi. Bu haqda film rejissyori Abduvohid G‘aniyev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Foto: Daryo

‘Birinchi avgust’ filmi universitet va institutlarda 2009—2010-yillarda avj olgan korrupsiya, ya’ni universitetga kirish imtihonlari qallobliklariga bag‘ishlanadi. Filmning suratga olish ishlari may oyida boshlangan edi. Hozirda suratga olish ishlarini yakunlab, montaj jarayonlarini boshlab yubordik. Bosh rollarni Yigitali Mamajonov, Rayhon Ulasenova, Feruza Yusupova, Muyassar Berdiqulova, Sobir Otajonov singari aktyor va aktrisalar ijro etishdi. Film premyerasi kuz oylariga mo‘ljallangan.
Abduvohid G‘aniyev, rejissyor

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Qirg‘izistonning sobiq bosh prokurori uy qamog‘iga olindi

Чт Авг 22 , 2019
Qirg‘izistonning sobiq bosh prokurori Indira Joldubayeva uy qamog‘iga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi. “2019-yil 20-avgust kuni Indira Joldubayeva korrupsiyada gumon qilinayotgani haqida ogohlantirildi. Bishkekning Pervomaysk tuman sudi tomonidan unga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi”, — deyiladi xabarda. Joldubayeva jinoyatchilar rahnamosi Aziz Batukayevning noqonuniy ozod qilinishi […]