“O‘zbekkino” hamda “Olov nur media” studiyasi tomonidan  “Birinchi avgust” filmi suratga olindi. Bu haqda film rejissyori Abduvohid G‘aniyev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. ‘Birinchi avgust’ filmi universitet va institutlarda 2009—2010-yillarda avj olgan korrupsiya, ya’ni universitetga kirish imtihonlari qallobliklariga bag‘ishlanadi. Filmning suratga olish ishlari may oyida boshlangan edi. Hozirda suratga olish […]

Joriy yilning 21-avgust kuni Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida davolanayotgan bemor Ahmedova Inobatxonning o‘g‘li tomonidan mazkur tibbiyot muassasasining ortopediya va jarohatlar oqibatlari bo‘limi xodimlariga nisbatan tajovuz amalga oshirildi. Bemor I.Ahmedova 2010-yilda umurtqa pog‘onasining bel qismi osteoxondrozi, 4, 5-bel umurtqalararo disk churrasi xastaligi tufayli Andijon Davlat tibbiyot instituti klinikasida operativ […]

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva farzand tarbiyasini zahmatli, biroq juda zavqli va bir umrlik sayohatga o‘xshatishini bildirdi. “Men bolalarim uchun birinchi navbatda ishonchli do‘st bo‘lishga harakat qilaman. Ularni qanday ko‘rishni istasam, o‘zim ham shunday, ularga namuna bo‘lishga intilaman! Orzum o‘g‘limni musiqaga oshno qilish edi, buni ro‘yobga chiqarish […]

Gruziyaning “Rustavi 2” telekompaniyasi yangi bosh direktori Paata Saliya telekanalning bir qator jurnalistlari, jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri efir orqali Rossiya prezidenti Vladimir Putinni haqorat qilgan Georgiy Gabuniya ishdan bo‘shatilganini ma’lum qilgandi. Gabuniya aytgan haqoratli so‘zlari uchun kechirim so‘ramasligini bildirdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. “Men o‘z xatti-harakatlarim uchun kechirim so‘rash niyatida emasman”, — deydi Gabuniya. […]

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning lokomotiv parki joriy yil oxiriga qadar 3 ta, 2020-yilning birinchi choragida yana 2 ta 3ES5K yuk elektrovozlari bilan to‘ldiriladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yil boshida Rossiyadan 2 dona 3ES5K rusumli yangi elektrovozlar keltirilgan. Ish faoliyati davomida mazkur elektrovoz mutaxassislar tomonidan muvaffaqiyatli […]

Adliya vazirligining matbuot xizmati O‘zbekiston qonunchiligida 2019-yil 1-sentabrdan boshlab kutilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari xususiylashtiriladi. Foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan ta’lim muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bundan mustasno), sog‘liqni saqlash va sport, madaniyat, xususan kinoteatrlar, klublar, konsert-tomosha ko‘rsatish muassasalari va kinolashtirish obyektlari, shuningdek, davlat tashkilotlarining […]

Internet tarmog‘idagi ukrainalik foydalanuvchilar mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning korteji trassadagi boshqa transport vositalarining harakatini cheklab qo‘ygani sabab unga tanqid toshlarini yog‘dirdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. Videoda Zelenskiy va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu harakatlanayotgan mashinalarga 20 dan ortiq transport vositalari hamrohlik qilayotganini ko‘rish mumkin. “Velosiped qani?”, — deb yozadi Maksim Navoxatskiy ismli […]

19-avgust, dushanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 2-turining so‘nggi o‘yinida Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Vulverhempton” maydoniga safar qildi. Uchrashuvning 27-daqiqasida “qizil iblislar” yarim himoyachisi Antoni Marsial Markus Reshford uzatgan to‘pni kuchli zarb bilan Rui Patrisiu qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi (1:0). 55-daqiqada esa “bo‘rilar” vakili Ruben Nevesh super […]

2019-yilning yanvar—iyul oylarida respublika korxonalari tomonidan 175,3 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 6,8 foizni tashkil etdi. Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 0,6 foizga kamaydi. 2018-yilning shu davrida 657,1 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan […]