Xiaomi Mi Mix 4 smartfoni 108 megapikselli kameraga ega bo‘ladi, deb xabar berdi Gizmochina. Mi Mix 4 joriy yilning sentabr oyida taqdim etiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu avgust oyida taqdimoti bo‘lib o‘tgan 108 megapikselli Samsung ISOCELL Bright HMX kamerasi o‘rnatilgan birinchi smartfon bo‘ladi. Mazkur kamera tasvirni 12032×9024 nuqtagacha shakllantirishi mumkin. Shuningdek, kamera Samsung […]

Vladimir Putin Rossiyada bo‘lib o‘tgan norozilik aksiyalari haqida gapirar ekan, holatni to‘qnashuvlargacha olib kelishga hech kim haqli emasligini, aybdorlar jazolanishi zarurligini aytdi, deb xabar qiladi Sputnik. Putin Moskvadagi tartibsizliklar saylovlar bilan bog‘liq ekanligini qo‘shimcha qildi, negaki Rossiyada sentabr oyida mintaqaviy, shu jumladan, Moskva hokimligiga saylovlar o‘tkazilishi kutilmoqda. Putin, shuningdek, amaldagi qonunga muvofiq, […]

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 2019-yilning 31-avgust – 3-sentabr kunlari mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga chegirmalar taqdim etishini ma’lum qildi. Quyidagi yo‘lovchilarga chegirma taqdim etiladi: —Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941—1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan – 50 foiz; —Oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, […]

Qozog‘istonning Kokshetau shahrida istiqomat qiluvchi 14 yoshli Dilnoz ismli qizga avtofalokat oqibatida halok bo‘lgan hindistonlik bolakayning yuragi ko‘chirib o‘tkazilgan, deb xabar beradiTengrinews. Dilnoz Isanova uch yoshga to‘lganida shifokorlar unga “dislatatsion kardiomiopatiya” tashxisini qo‘ygan. Ushbu kasallik miokard ishini buzib, insonda yurak yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Qizning ota-onasi farzandini operatsiya qildirish uchun Moskvaga uchgan […]

Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik politsiyachi Sadoqat Maqsudova qimmatbaho kiyimlarning pulini to‘lamasdan do‘kondan chiqib ketayotganida qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda BBC. Qayd etilishicha, 24 yoshli politsiya xizmatchisi Sadoqat Maqsudova 15-avgust kuni Staten Island savdo majmuasidan 300 dollarlik kiyim-kechakning pulini bermasdan chiqib ketayotganida ushlangan. Xabarda Maqsudova mayda o‘g‘irlikda ayblanib, xizmatidan vaqtincha chetlatilgani yozilgan. Sadoqat Maqsudovaning o‘zi […]

Bosh prokuratura tomonidan Gulnora Karimovaga nisbatan davlat mulkini talon-toroj qilish, O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zid bitimlar tuzish hamda o‘zgalarning juda ko‘p miqdordagi mulkini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. Jinoyat ishlari qo‘zg‘atilishiga xalqaro yuridik kompaniyadan kelib tushgan ma’lumotlar va fuqarolarning […]

O‘zbekiston umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili 2019-yilning 4-sentabridan boshlanadi, deb xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-noyabrdagi “2019-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgustdan 3-sentabrgacha dam olish kunlari deb belgilangan. Shu munosabat […]

O‘zbekiston oltin eksportini keskin ravishda oshirdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga tayanib, Spot xabar berdi. Yanvar oyidan iyulga qadar O‘zbekiston boshqa mamlakatlarga 3,4 milliard dollarlik oltin sotgan. O‘tgan yilning xuddi shu davrida ushbu ko‘rsatkich 1,5 milliard dollarni tashkil etgan. O‘sish 2,2 barobarga teng. So‘nggi besh yil ichida […]

Ilon Mask Marsga yadroviy bomba tashlash borasidagi g‘oyasiga yana qaytib, bu safar Nuke Mars! futbolkalarini ishlab chiqarishini e’lon qildi, deb xabar beradi Spot. Ushbu futbolkalarni 25 dollar evaziga xarid qilish mumkin. Maskning Twitter’da qoldirgan posti ko‘plab muxlislari uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi, biroq tadbirkor bundan oldin ham “qizil sayyora”ga yadroviy bomba tashlash lozimligi […]

AQSh prezidenti Donald Tramp milliy xavfsizlik mutasaddilariga dengiz orqali  Venesuelaga mahsulot yetkazish va ulardan qabul qilishni to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda Trampdan bevosita eshitgan yoki uning bayonotidan xabardor bo‘lgan 5 nafar sobiq va amaldagi mansabdorlarga tayanib, Axios xabar berdi. “RBK”ning yozishicha, Tramp kemalarni Venesuela qirg‘oqlari bo‘ylab joylashtirishni taklif qilgan. Mansabdorlarning so‘zlariga […]