“Inter” yarim himoyachisi Ivan Perishich “Bavariya”ga o‘tadi, deb yozadi italiyalik jurnalist Janluka di Martsio. Xabarga ko‘ra, “Bavariya” 5 million yevro evaziga Perishichni ijaraga oladi. Mavsum so‘ngida esa Myunxen klubi futbolchini 20 million yevroga to‘liq sotib olish huquqini qo‘lga kiritadi. Transfer “Inter”ning xitoylik xo‘jayinlari tomonidan tasdiqlansagina amalga oshadi. O‘tgan mavsum Perishich “Inter” safida […]

O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida otasi, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va onasi Ziroatxon Hoshimovaning birga o‘tirgan oilaviy suratini e’lon qildi. Shu bilan birga, u o‘z obunachilirini Arafa kuni bilan qutladi. Qadrli yurtdoshlar! Do‘stlarim, ko‘plab folloverlarim!Barchangizni oila a’zolarim nomidan Arafa kuni munosabati bilan tabriklayman!Bu […]

O‘zbekiston Adliya vazirligi Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning O‘zbekistonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida Xalqaro arbitraj islohotini o‘tkazish uchun 225 ming dollar miqdoridagi texnik ko‘magini jalb qildi. Adliya vazirligidan ma’lum qilishlaricha, OTBning texnik ko‘magi quyidagilarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi: zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish, […]

Bugun, 1 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari savollar varaqasining rasmi tarqalib ketdi. Buni amaalga oshirgan abituriyent o‘sha zahotiyoq imtihondan chetlashtirilgan, deb yozadi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining Telegram-kanalida. Aniqlangan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat Toshkent shahridagi Oliy o‘quv yurtlariaro majmuadagi test sinovlari chog‘ida sodir bo‘lgan. Va rasmlar Telegram’dagi bir […]

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali qanday hollarda harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash mumkinligi haqida ma’lumot berdi. Quyidagi holatlarda avtomobil yo‘llarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash mumkin: — noqulay ob-havo sharoitlarida; — tabiiy ofatlar yuz berganda; — yong‘inlar yuz berganda; — avtomobil yo‘li ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotganda va boshqa shunga o‘xshash hollarda; — ta’mirlash-qurilish ishlari olib […]

Fransiyalik Frenki Zapati ismli shaxs o‘zi yaratgan flaybord yordamida La-Mansh bo‘g‘ozidan uchib o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Bu Frenki Zapatining ikkinchi urinishi bo‘lib, u muvaffaqiyatli yakunlandi. Zapata Sangatte plyajidan soat 8:16 da havoga ko‘tarilib, inglizlarning Sen-Margaret-Bey qirg‘og‘iga 8:39 da kelib qo‘ngan. Yo‘lda u bir necha soniya qo‘nib, qurilmasini yoqilg‘i bilan to‘ldirgan. Parvoz […]

Yerga yana bir asteroid yaqinlashmoqda, ammo u sayyoramizga hech qanday xavf tug‘dirmaydi, deb yozmoqda AstroNews. Ma’lum bo‘lishicha, 10-avgust kuni 2006 QQ23 asteroidi soatiga 16740 kilometrda harakatlanib, Yerdan atigi 0,049 astronomik birlik (7,3 million kilometr)da uchib o‘tadi. Qayd etilishicha, bu uncha yaqinmasdek ko‘rinsa ham, asteroidni Yerga yaqin obyekt sifatida qarash mumkin. Bundan tashqari […]

“Manchester Siti” 4-avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Angliya Superkubogi uchrashuvida “Liverpul”ni mag‘lub etdi va sovringa ega chiqdi (1:1, 5:4 — penaltilar seriyasi). Shu bilan birga, “shaharliklar” bir yilda 4 ta sovrinni qo‘lga kiritgan Angliya futboli tarixidagi ilk jamoaga aylandi. Eslatib o‘tamiz, Pep Gvardiola shogirdlari 2019-yil mamlakat Kubogi finalida “Uotford” darvozasiga javobsiz 6 ta gol […]

4-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Gamper Kubogi doirasida Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou”da Unai Emeri boshliq Londonning “Arsenal” jamoasi bilan bellashdi. Uchrashuvning 36-daqiqasida “to‘pchilar” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqaga kelib yarim himoyachi Meytlend-Naylz o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi (1:1). O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa Kataloniya […]