APL. Pogba penaltidan gol ura olmagan o‘yinda “Manchester Yunayted” “bo‘rilar”ni yuta olmadi

19-avgust, dushanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 2-turining so‘nggi o‘yinida Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Vulverhempton” maydoniga safar qildi.

Foto: Twitter/@premierleague

Uchrashuvning 27-daqiqasida “qizil iblislar” yarim himoyachisi Antoni Marsial Markus Reshford uzatgan to‘pni kuchli zarb bilan Rui Patrisiu qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi (1:0). 55-daqiqada esa “bo‘rilar” vakili Ruben Nevesh super gol muallifiga aylandi.

Bellashuv shu tariqa 1:1 hisobida nihoyasiga yetdi va tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.

Qayd etish joiz, o‘yinning 68-daqiqasida mezbon jamoa darvozasi tomon penalti belgilandi va undan “mankunianlar” yetakchisi Pol Pogba unumli foydalana olmadi.

Ma’lumot uchun, “Yunayted” 2 tur natijasiga ko‘ra 4 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Eslatib o‘tamiz, Sulsher jamoasi dastlabki turda “Chelsi”ni yirik hisobda taslim qilgandi (4:0).

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Polshada ayol va uning egizaklarini ikki poyezd urib yubordi. Ular voqea joyida halok bo‘ldi

Вт Авг 20 , 2019
Polshada ayol va uning egizak farzandlari temir yo‘l kesishmasida bir poyezd urib, ikkinchisi bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Hodisa ona bolalari bilan kesishmadan velosipedlarda o‘tib ketayotganda ro‘y bergan. Ayol 31, bolalari esa 8 yoshda edi. Politsiya voqea joyida tekshiruv o‘tkazmoqda, poyezdlar harakati to‘xtatilgan.