“Barselona” “Arsenal”ni mag‘lub etib, ketma-ket 7-marta Gamper Kubogini qo‘lga kiritdi

4-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Gamper Kubogi doirasida Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou”da Unai Emeri boshliq Londonning “Arsenal” jamoasi bilan bellashdi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida “to‘pchilar” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqaga kelib yarim himoyachi Meytlend-Naylz o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi (1:1).

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa Kataloniya klubi hujumchisi Luis Suares jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1).

Shu tariqa “Barselona” “Arsenal”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, Gamper Kubogini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, mazkur musobaqa 1966-yildan buyon Kataloniya klubi asosichisi Joan Gamper sharafiga har yili o‘tkazilib kelinadi. 1966—1996-yilgacha ushbu musobaqada 4 jamoa ishtirok etgan bo‘lsa, 1997-yildan esa unda faqatgina 2 ta klub qatnashishi belgilab qo‘yilgan.

Shu vaqtda qadar Gamper Kubogi musobaqasi 54 marotaba o‘tkazilgan bo‘lsa, shulardan 42 tasida “ko‘k-anorranglilar” g‘alabaga erishgan.

Gamper Kubogi
“Kamp Nou”, Barselona
4-avgust, yakshanba
“Barselona”—“Arsenal” 2:1
Gol: 0:1 — 36 Obameyang, 1:1 — 69, avtogol, Meytlend-Naylz 2:1 — 90 Suares

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

“Manchester Siti” Angliya futboli tarixida qayd etilmagan natijaga erishdi

Вт Авг 6 , 2019
“Manchester Siti” 4-avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Angliya Superkubogi uchrashuvida “Liverpul”ni mag‘lub etdi va sovringa ega chiqdi (1:1, 5:4 — penaltilar seriyasi). Shu bilan birga, “shaharliklar” bir yilda 4 ta sovrinni qo‘lga kiritgan Angliya futboli tarixidagi ilk jamoaga aylandi. Eslatib o‘tamiz, Pep Gvardiola shogirdlari 2019-yil mamlakat Kubogi finalida “Uotford” darvozasiga javobsiz 6 ta gol […]