“Barselona”da ham ishlar chatoq. Katalonlar ketma-ket 7 ta safar o‘yinida g‘alaba qozona olmadi

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 5-turida Ernesto Valverde boshliq “Barselona” klubi safarda “Granada” mehmoni bo‘ldi.

Kataloniya klubi ushbu uchrashuvda raqiblariga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Qizigi, “Barselona” ketma-ket yettita safar bellashuvida g‘alaba qozona olmadi. Bunda barcha musobaqalardagi ishtirok hisobga olingan.

Klub so‘nggi bor safar o‘yinida 2019-yil 23-aprelida “Alaves” ustidan g‘alaba qozongandi.

“Barselona” safardagi so‘nggi 7 ta o‘yini:

  • “Selta”—“Barselona” 2:0
  • “Liverpul”—“Barselona” 4:0
  • “Eybar”—“Barselona” 2:2
  • “Atletik”—“Barselona” 1:0
  • “Osasuna”—“Barselona” 2:2
  • “Borussiya D”—“Barselona” 0:0
  • “Granada”—“Barselona” 2:0

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Angliya bugun ko‘kka bo‘yaladimi yoki qizilga? “Chelsi” — “Liverpul” uchrashuvi haqida

Вс Сен 22 , 2019
Angliya Premyer Ligasi 6-turining markaziy uchrashuvida 22-sentabr, yakshanba kuni “Chelsi” Londonda “Liverpul”ga qarshi bahs olib boradi . Bugun londonliklar klubi Angliya chempionati ushbu mavsumida to‘xtash nimaligini bilmay kelayotgan “qizillar”ni taslim etishga urinib ko‘radi. Ikki jamoa mavsum avvalida UEFA Superkubogi uchun bahs olib bordi. O‘shanda Frenk Lempard jamoasi yomon ko‘rinmadi va kuchli […]