“Bavariya” JCh—2018 vitse-chempionini o‘z safiga qo‘shib oladi

“Inter” yarim himoyachisi Ivan Perishich “Bavariya”ga o‘tadi, deb yozadi italiyalik jurnalist Janluka di Martsio.

Foto: Fourfourtwo

Xabarga ko‘ra, “Bavariya” 5 million yevro evaziga Perishichni ijaraga oladi. Mavsum so‘ngida esa Myunxen klubi futbolchini 20 million yevroga to‘liq sotib olish huquqini qo‘lga kiritadi.

Transfer “Inter”ning xitoylik xo‘jayinlari tomonidan tasdiqlansagina amalga oshadi.

O‘tgan mavsum Perishich “Inter” safida A Seriyaning 34 ta o‘yinida ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Katta transferlarni amalga oshirgan “Arsenal” ikki futbolchisini sotib yuboradi

Сб Авг 10 , 2019
“Arsenal” klubi yozgi transferlar vaqtida ikki futbolchisini sotib yuborishga harakat qiladi, deb yozadi Evening Standard. Ta’kidlanishicha, klubni Shkodran Mustafi hamda Muhamma al-Nenni tark etadi. Qayd etish kerak, inglizlar uchun transferlar oynasi yopildi. Klublar endi o‘yinchi sotib ololmaydi, faqatgina sotishi mumkin. Mustafining xizmatlariga Fransiya va Germaniya klublari qiziqish bildirayotgan bo‘lsa, al-Nenniga […]