“Buffon, seni ko‘rish uchun O‘zbekistondan 5 ming km yo‘l bosib keldim!”

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 4-turidan o‘rin olgan bahsda “Yuventus” o‘z maydonida “Verona” klubini mehmon qildi.

Bellashuv Turin klubining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni turinliklar darvozasini Janluiji Buffon qo‘riqladi.

Buffon o‘yindan so‘ng Instagram’dagi sahifasiga bir nechta suratni joyladi. Suratlardan birida o‘zbekistonlik futbol muxlisining quyidagi yozuvlari aks etgan banner ham bor edi: “Buffon, seni ko‘rish uchun O‘zbekistondan 5000 km yo‘l bosib keldim”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda “Yuventus”ning rasmiy fan klubi mavjud.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

“Buxoro” temiryo‘l vokzalida shartli terrorchilar qo‘lga olindi (foto)

Вс Сен 22 , 2019
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Buxoro viloyati IIB, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida 21-sentabr kuni soat 07:00 da “Buxoro” temiryo‘l vokzalida maxsus taktik amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulot temiryo‘l vokzalida “Buxoro—Qarshi” yo‘nalishidagi poyezd vagonida uyushtirildi. Jarayonda shartli terrorchilar tomonidan bir necha yo‘lovchi asirga olindi. — Bu […]