Ektor Kuper O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2022 saralashi 1-turi uchun yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Jahon Chempionati—2022 ikkinchi saralash bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Falastinga qarshi o‘yinoldi yig‘iniga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.

28-avgustdan 3-sentabrgacha Toshkentda davom etadigan yig‘inga Ektor Kuper 24 futbolchini jalb qildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin olgan. Mazkur guruhda “oq bo‘rilar” Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur termalariga qarshi bahs olib boradi.

Qaydnomaga kiritilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”).
Himoyachilar: Yegor Krimets (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi” – Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”), Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”), Davron Hoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”).
Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” — Xitoy), Ikrom Aliboyev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev (“Nasaf”), Oston O‘runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar Shoahmedov (“Terengganu” — Malayziya), Doston Ibragimov (“Qizilqum”), Quvondiq Ro‘ziyev (“Qo‘qon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Rossiya birinchi marta fazoga “Fedor” robotini uchirdi

Чт Авг 22 , 2019
Rossiyaning “Fedor” nomli odamsifat roboti birinchi marta “Soyuz MC-14” kemasida fazoga uchirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Raketa 22-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:38 da Qozog‘istonning Baykonur kosmodromidan uchirilgan. Robot raketa uchirilayotgan vaqtda Yuriy Gagarinning mashhur “Poyexali! Poyexali!” (Ketdik! Ketdik!) jumlasini aytgan. Oradan 49 soniya o‘tgach, kema orbitaga chiqqan […]