“Manchester Siti” Angliya futboli tarixida qayd etilmagan natijaga erishdi

“Manchester Siti” 4-avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Angliya Superkubogi uchrashuvida “Liverpul”ni mag‘lub etdi va sovringa ega chiqdi (1:1, 5:4 — penaltilar seriyasi).

Shu bilan birga, “shaharliklar” bir yilda 4 ta sovrinni qo‘lga kiritgan Angliya futboli tarixidagi ilk jamoaga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Pep Gvardiola shogirdlari 2019-yil mamlakat Kubogi finalida “Uotford” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urgandi (6:0). Klub Angliya Liga Kubogi finalida “Chelsi”dan ustun kelgandi (0:0, 4:3 — penaltilar seriyasi). Bundan tashqari “mankunianlar” “Liverpul”ni Premyer Liga jadvalida bir ochkoga ortda qoldirib, musobaqa chempioniga aylandi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Yerga osmono‘par bino kattaligidagi asteroid yaqinlashmoqda

Вт Авг 6 , 2019
Yerga yana bir asteroid yaqinlashmoqda, ammo u sayyoramizga hech qanday xavf tug‘dirmaydi, deb yozmoqda AstroNews. Ma’lum bo‘lishicha, 10-avgust kuni 2006 QQ23 asteroidi soatiga 16740 kilometrda harakatlanib, Yerdan atigi 0,049 astronomik birlik (7,3 million kilometr)da uchib o‘tadi. Qayd etilishicha, bu uncha yaqinmasdek ko‘rinsa ham, asteroidni Yerga yaqin obyekt sifatida qarash mumkin. Bundan tashqari […]