“Manchester Yunayted” Pogba bo‘yicha “Real”ning navbatdagi taklifini rad etdi

“Real” hali ham “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirganicha yo‘q.

The Times’ning xabar berishicha, madridliklar 26 yoshli fransuz uchun “Yunayted”ga yarim himoyachi Xames Rodriges va 27,4 million funt taklif bilan chiqdi, biroq “qizil iblislar” bu taklifni rad etdi.

“Mankunianlar” Pogba transferidan kamida 150 million funt ishlab olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Pogba ortda qolgan mavsum Angliya Premyer ligasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi hamda 9 ta golli uzatma berdi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

“Liverpul” darvozaboni klubni tark etdi

Вт Авг 6 , 2019
Simon Minyole “Liverpul”ni tark etib, vatani — Belgiyaga qaytdi. Simon “Bryugge” klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. 30 yoshli posbon transferi uchun “Liverpul” 6 million funt ishlab oldi. Ma’lumot uchun, Simon 2013-yil “Sanderlend”dan Mersisayd klubiga o‘tgandi. U “Liverpul” safida 6 yil ichida 204 ta o‘yin o‘tkazdi.