Rasman: “Barselona” navbatdagi transferini e’lon qildi

“Betis”da faoliyat yuritib kelgan Xunior Firpo “Barselona” a’zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

22 yoshli Firpo Kataloniya klubi bilan 5 yillik bitimga imzo chekdi.

“Barselona” Firpo uchun “Betis”ga 18 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. Bundan tashqari 12 million yevro keyinchalik bonus sifatida to‘lanishi mumkinligi kelishuvga kiritilgan.

Futbolchining tovon puli esa 200 million yevro qilib belgilandi.

Firpo o‘tgan mavsum La Liganing 24 ta o‘yinida ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

“Barselona” “Arsenal”ni mag‘lub etib, ketma-ket 7-marta Gamper Kubogini qo‘lga kiritdi

Вт Авг 6 , 2019
4-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Gamper Kubogi doirasida Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou”da Unai Emeri boshliq Londonning “Arsenal” jamoasi bilan bellashdi. Uchrashuvning 36-daqiqasida “to‘pchilar” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqaga kelib yarim himoyachi Meytlend-Naylz o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi (1:1). O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa Kataloniya […]