“Santos” sobiq prezidenti: Neymar “Real”ga o‘tmasligi uchun uning otasiga 1 mln dollar to‘lagandim

“Santos” klubining sobiq prezidenti Marselo Teysheyra 2006-yilda hujumchi Neymarning “Real”ga transferi nima sababdan bekor bo‘lganini ma’lum qildi.

“U “galaktikos” davridan buyon “Real”ga maftun bo‘lib qolgandi. Biz Neymarni jamoada saqlab qolish uchun uning otasiga 1 million dollar taklif qildik. U esa osonlikcha rozi bo‘ldi.

Klub rahbariyatining barcha a’zolari o‘shanda meni tentakka chiqargandi, biroq men Neymar o‘ziga xos futbolchi ekanini bilar edim. “Santos” uni saqlab qolishi kerak edi. Bu qiyin qaror edi, ammo yakunda to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Biz “Real” bilan muzokara o‘tkazmadik. O‘shanda aytgan gaplarim uni jamoada saqlab qolish uchun edi.

O‘sha vaqtda Robinyo transferi sabab “Santos” va “Real” o‘rtasidagi munosabatlar chigal edi. Oxir-oqibat jamoa Neymarni ushlab qoldi va klublar o‘rtasidagi munosabat keskinlashmadi”, — deydi Teysheyra.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Donald Tramp qozog‘istonlik qizga minnatdorchilik bildirdi

Пн Авг 19 , 2019
Qozog‘istonlik 12 yoshli Jamila Ahmetova AQSh prezidenti Donald Trampdan minnatdorchilik xati oldi, deb yozmoqda “Kazinform”. Ma’lum bo‘lishicha, 12 yoshli Jamila Ahmetova 6 yil davomida AQShda o‘qigan onasi bilan birga vataniga qaytgan. Ularning qarindoshlari Jamilaning a’lo baholarga o‘qigani uchun olgan ko‘plab sertifikatlari, faxriy yorliqlari orasida AQSh prezidenti Donald Tramp imzolagan minnatdorchilik xatini ko‘rib […]