Van Deyk, Ronaldu, Messi. FIFA bugun yilning eng yaxshilarini taqdirlaydi

FIFA tashkiloti yilning eng yaxshilariga 23-sentabr, dushanba kuni The Best sovrinini topshiradi

Taqdirlash marosimi Milandagi “La Skala” opera teatrida bo‘lib o‘tadi. Unda sakkizta nominatsiyada g‘oliblar aniqlanadi: yilning eng yaxshi erkak va ayol futbolchisi, erkaklar va ayollar futbolidagi eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi darvozabon, eng chiroyli gol muallifi va eng yaxshi muxlislar. Bundan tashqari, yil ramziy terma jamosi ham aniqlanadi.

Sovrin 2018-yilning 16-iyulidan 2019-yilning 19-iyuligacha erishilgan natijalari bo‘yicha o‘z egalariga beriladi.

Quyida yilning eng yaxshisi nomiga da’vogarlar bilan tanishing:

Pushkash sovrini (Eng yaxshi gol)

  • Lionel Messi (“Barselona”, “Betis”ga urilgan gol)
  • Xuan Kintero (“River Pleyt”, “Rasing”ga urilgan gol)
  • Daniel Jori (“Debretsen”, “Ferensvarosh”ga urilgan gol)

Eng yaxshi darvozabon

  • Alisson Beker (“Liverpul”, Braziliya terma jamoasi)
  • Ederson (“Manchester Siti”, Braziliya terma jamoasi)
  • Mark Andre ter-Shtegen (“Barselona”, Germaniya terma jamoasi)

Eng yaxshi murabbiy

  • Pep Gvardiola (“Manchester Siti”)
  • Yurgen Klopp (“Liverpul”)
  • Maurisio Pochettino (“Tottenhem”)

Eng yaxshi futbolchi

  • Lionel Messi (“Barselona”, Argentina terma jamaosi)
  • Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Portugaliya terma jamoasi)
  • Virjil van Deyk (“Liverpul”, Niderlandiya terma jamoasi)


admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

“Tolibon”ning yosh jangchisi tengdoshlari harakat safida jinsiy zo‘ravonlikka duch kelayotganini bildirdi

Пн Сен 23 , 2019
Afg‘onistonning Paktika viloyatidagi operatsiya chog‘ida hibsga olingan “Tolibon”ning yosh jangchisi tengdoshlari harakat safida jinsiy zo‘ravonlikka duch kelayotganini bildirdi. Bu haqda Khaama Press xabar bermoqda. Uning aytishicha, bunga katta yoshdagi jangarilar sabab bo‘lmoqda. Jangchining bayonotini afg‘on harbiylari izohladi. “Shahin” korpusi qo‘mondonligiga ko‘ra, jangarilar yoshlarni ko‘pincha o‘z saflariga tahdidlar yordamida jalb etadi. Harbiylarning […]