Zinedin Zidan “Real”ning “Sevilya”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi

Madridning “Real” klubi 22-sentabr oqshomida “Sevilya” mehmoni bo‘ladi.

foto: Gettyimages

La Liga 5-turidan o‘rin olgan bahs uchun Zinedin Zidan “Real”ning o‘yin qaydnomasini e’lon qildi. Qaydnomadan jarohatdan qutulib safga qaytgan Alvaro Odriosola, Mariano Dias, Braim Dias hamda Rodrigo Goeslar o‘rin olmagan.

Bundan tashqari ushbu o‘yinni jarohati sabab Luka Modrich, Isko, Marko Asensio ham o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, bellashuv 00:00 da boshlanadi.

O‘yin qaydnomasi:

Darvozabon: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diyego Altube.
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Eder Militao, Ferlan Mendi.
Yarim himoyachilar: Kazemiro, Toni Kroos, Federiko Valverde, Eden Azar, Xames Rodriges, Lukas Vaskes, Vinisius Junior, Garet Beyl.
Hujumchilar: Karim Benzema, Luka Yovich.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

“Barselona”da ham ishlar chatoq. Katalonlar ketma-ket 7 ta safar o‘yinida g‘alaba qozona olmadi

Вс Сен 22 , 2019
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 5-turida Ernesto Valverde boshliq “Barselona” klubi safarda “Granada” mehmoni bo‘ldi. Kataloniya klubi ushbu uchrashuvda raqiblariga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Qizigi, “Barselona” ketma-ket yettita safar bellashuvida g‘alaba qozona olmadi. Bunda barcha musobaqalardagi ishtirok hisobga olingan. Klub so‘nggi bor safar o‘yinida 2019-yil 23-aprelida “Alaves” ustidan g‘alaba qozongandi. “Barselona” safardagi […]