Butun dunyo bo‘ylab Facebook va Instagram ishida uzilishlar kuzatildi

Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida uzilish yuz berdi. Bu haqda turli saytlar ishlashidagi muammolarni kuzatib boruvchi DownDetector resursi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Downdetector’ga Instagram ishida kuzatilgan uzilishlar bo‘yicha 1899 ta xabar kelib tushgan. Facebook hozirda o‘z ishini qayta tiklagan. Uzilishlar asosan Ukraina, Braziliya va Polsha foydalanuvchilarida ro‘y bergani aytilmoqda.

Shikoyat qilganlarning aksariyati — 68 foizi Instagram tarmog‘iga kira olmagan, 21 foizi esa akkauntida muammo kuzatilayotganini hamda 10 foizi veb-saytga kirishga qiynalayotganini bildirgan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Stiven Sigal mo‘g‘ulistonlik rafiqasi bilan Bokuda dam olmoqda (foto)

Вс Июл 28 , 2019
Yakka kurash san’ati ustasi va Gollivud yulduzi Stiven Sigal rafiqasi Batsuxiyn Erdenetuyaa bilan Ozarbayjon poytaxti Bokuga tashrif buyurib, “Jara 2019” xalqaro festivalining mehmoni bo‘ldi, deb xabar beradi “Trend.az”. “Emin (ozarbayjonlik xonanda) mening do‘stim va uning o‘z ona shahri Bokuga yana bir bor borish, Kaspiy dengizi bo‘yida dam olish va festival sahnasida chiqish […]