Ekspertlar sog‘liq uchun eng zararli bo‘lgan smartfonlarni aniqladi

Chicago Tribune ekspertlari eng ko‘p tarqalgan smartfonlarning radioto‘lqinlarini o‘lchash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqotda 11 ta mashhur gadjet qatnashdi, deb xabar beradi“Korrespondent.net”.

Ro‘yxatdan iPhone 7, iPhone 8 va 8 Plus, iPhone X, Samsung Galaxy J3, Galaxy S8, Galaxy S9, Moto e5, Moto e5 Play, Moto g6 Play va BLU Vivo 5 Mini o‘rin olgan.

AQSh Aloqa federal komissiyasi tomonidan belgilangan norma bo‘yicha nurlanish 1 gramm material uchun 1,6 Vt/kg ni tashkil etadi.

Tadqiqot natijalari bo‘yicha ta’sirga eng chidamsiz smartfon deya iPhone 7 topilgan. Undan chiqadigan nurlanish 2 va 5 millimetr masofada normadan ortib ketgan. Ushbu ko‘rsatkich “tanaga” yaqinlashtirilganida maksimal darajaga teng bo‘lgan.

Shu bilan birga Apple’ning eng xavfsiz gadjeti deya iPhone 8 Plus topilgan. Biroq unda ham ko‘rsatkich normadan 2—4 barobarga ko‘proqni tashkil etmoqda.

Barcha gajdetlar ichida BLU Vivo 5 Mini eng xavfsizi deya topildi. Uning 2 va 5 millimetr masofadagi ta’siri eng minimal darajada ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Apple va Motorola vakillari esa testda past ko‘rsatkichni namoyon etgan qurilmalarining natijalarini yolg‘on deb atab, ushbu usulni xato hisoblamoqda.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Donald Tramp Afg‘oniston bilan muzokaralar nima sababdan bekor qilinganiga izoh berdi

Вт Сен 10 , 2019
AQSh prezidenti Donald Tramp nima sababdan Afg‘oniston bilan tinchlik muzokaralarini o‘tkazishni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilganiga izoh berdi, deb xabar qiladi “RBK”. “Menga keladigan bo‘lsak, fikrimcha, muzokaralar o‘ldi”, — deydi Tramp. Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” harakati amerikalik harbiy halok bo‘lgan Kobuldagi terakt bo‘yicha mas’uliyatni o‘zi zimmasiga olganidan so‘ng, u muzokaralarni […]