Facebook “Bu bepul va doim bepulligicha qoladi” shioridan voz kechdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i ro‘yxatdan o‘tish sahifasida ko‘rinib turuvchi “Bu bepul va doim bepulligicha qoladi” (“It’s free and always will be”) shioridan voz kechdi, deb xabar beradi Meduza.

Business Insider nashrining ma’lum qilishicha, mazkur o‘zgarish 6—7-avgust oralig‘ida sodir bo‘lgan va AQSh va Yevropaga davlatlariga taalluqli.

Sahifaning eski ko‘rinishi:

Eski shior yangisiga — “Tez va oson” (“It’s quick and easy”) ga o‘zgargan.

Facebook nima sababdan shiorni o‘zgartirganiga izoh bermadi. Raqamli huquq bo‘yicha ekspert, yurist Xose Antonio Kastilyoning so‘zlariga ko‘ra, bu ijtimoiy tarmoq valyutasi — katta pul turuvchi foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. U birinchilardan bo‘lib o‘zgarishga e’tibor qaratgan.

Ekspertning fikricha, mazkur qaror joriy yilning may oyida foydalanuvchilarning ma’lumotlarini almashish to‘lov turi sifatida qabul qilinishi belgilangan Yevroparlament direktivasi bilan bog‘liq.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Yangi iPhone’lar taqdimoti 10-sentabrda bo‘lib o‘tadi

Вс Сен 1 , 2019
Apple jurnalistlarga kompaniyaning Kaliforniya shtatining Kupertino shahridagi shtab kvartirasida 10-sentabr kuni o‘tkaziladigan taqdimotiga taklifnoma yubordi, deb xabar bermoqda Meduza. Taklifnomada taqdimotda nima namoyish etilishi aytilmagan, lekin jurnalistlarning fikricha, tadbirda iPhone’ning uchta yangi modeli taqdim etiladi. Shuningdek, taqdimotda yangi AirPods naushniklari, iPad plansheti, 16 dyuymli MacBook Pro noutbuki namoyish etilishi kutilmoqda. Avvalroq Bloomberg agentligi […]