Facebook layklarni yashirishni boshladi. Pilot loyihasi Avstraliyada ishga tushirildi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i postga munosabat va layklar soni hisoblagichini yashirib qo‘ydi. Pilot loyihasi Avstraliyada ishga tushirildi, deb yozgan Meduza.

27-sentabr, juma kuni avstraliyalik foydalanuvchilarning ma’lum qismi boshqalar qoldirgan postlardagi layklar va reaksiyalar sonini ko‘ra olmaydi. Bunda foydalanuvchilar o‘z sahifasidagi postga boshqalarning munosabati va layklar sonini ko‘rish imkoniyati saqlanib qolgan.

Facebook vakillarining fikricha, hisoblagichning yashirilishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga ommaviy bosimni kamaytiradi, shu tariqa ular boshqalarda qanday reaksiya uyg‘onishini fahmlab, o‘z yo‘nalishlarini aniq belgilay oladi.

Avvalroq Facebook’ga qarashli Instagram tarmog‘ida layklarni yashirish sinovdan o‘tkazilgandi.

Avgustda “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida ham yangi hisoblagichsiz dizayn test qilingan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

“Roskomnadzor” butun Ural bo‘ylab Telegram’ni bloklash uchun trafikni filtrlaydigan qurilmani sinovdan o‘tkazmoqchi

Сб Сен 28 , 2019
“Roskomnadzor” Ural federal okrugida Telegram’ni blokirovka qilish uchun trafikni filtrlaydigan qurilmani sinovdan o‘tkazish ishlarini boshladi. Bu haqda Meduza xabar berdi. “Ma’lumotlarni avtomatlashtirish va qayta ishlash markazi” oldiga 2019-yil oxiriga qadar butun Uralni ushbu qurilma bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan. Kompaniyani Nokia’ning Rossiyadagi rahbari va sobiq aloqa vaziri o‘rinbosari Rashid Ismoilov boshqarmoqda. Tizimlar Yekaterinburgdagi […]