Fransiyada millionga yaqin kompyuterga zarar yetkazgan virus yo‘q qilindi

Fransiya jandarmeriyasining kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus markazi xakerlar guruhi tomonidan uzoq vaqt davomida foydalanib kelingan virusni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Le Figaro gazetasining ma’lumotlariga ko‘ra, jandarmlar kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish vaqtida xakerlarning hujumi orqali 850 mingdan ortiq kompyuterga tushirilgan virusni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan. Virus tushgan kompyuter egalari o‘z qurilmalarini xakerlar masofadan turib nazorat qilayotganidan bexabar bo‘lgan.

Jandarmeriyaning ta’kidlashicha, ushbu jinoiy guruh global tarmoqda kamida 3 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi. Huquq-tartibot organlari o‘z operatsiyalarini uzoq vaqt ularni ta’qib qilish va batafsil razvedka ma’lumotlarga asoslanib olib borgan.

Jandarmeriya ekspertlarining aniqlashicha, hujumlar Parij yaqinidagi serverlar orqali amalga oshirilgan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Yerga bir vaqtning o‘zida ikkita katta asteroid yaqinlashib kelmoqda

Вс Сен 1 , 2019
Joriy yilning 14-sentabr kuni Yerga bir vaqtning o‘zida ikkita katta asteroid maksimal darajada yaqinlashadi, deb xabar berdi “RIA Novosti”. 2000QW7 nomini olgan asteroidlardan birining diametri 290 metrdan 650 metrgacha teng bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. U balandligi 540 metr keladigan Ostankino teleminorasidan ham kattaroq. NASA’ning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu asteroid sayyoradan 5,3 million kilometr uzoqlikdan […]