Google kompaniyasi iPhone qurilmalariga amalga oshirilgan eng yirik hakerlik hujumi haqida ma’lum qildi

Google kompaniyasi iOS operatsion tizimida boshqariluvchi qurilmalarga so‘nggi ikki yil ichida juda ko‘p hujumlar bo‘lgani va bu 2019-yilning fevralidagina to‘xtatilganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.

Hujum operatsion tizimdagi nuqson sabab amalga oshirilgan va bunda asosan iOS’ning 10—12-versiyalarida ishlovchi qurilmalar zarar ko‘rgan. iPhone foydalanuvchilari shunchaki zararlangan saytga kirishi kerak bo‘lgan xolos, natijada hakerlar uning geolokatsiyasi, xabarlari va fayllariga kirib olgan.

Shuningdek, hakerlar telefonga iPhone’da saqlanuvchi har qanday sertifikatdan foydalanish imkonini beradigan maxsus implantni joylashtirish imkoniga ega bo‘lgan — bu esa WhatsApp va Telegram messenjerlaridagi yozishmalarni o‘qish imkonini bergan. Qurilma bir marta o‘chirib yoqilgach, josus-dastur avtomatik ravishda ishlashdan to‘xtagan, biroq hakerlarda parollar haqida ma’lumot qolavergan.

Google’ning ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar oqibatida har haftada minglab iPhone’lar zararlangan. Motherboard’ning qayd etishicha, mazkur holat Apple telefonlari tarixidagi eng yirik hujum hisoblanadi.

Google iOS’dagi kamchilikni 2019-yil 1-fevral kuni Apple’ga ma’lum qilgan. Oradan bir necha kun o‘tgach, Apple ushbu nuqsonni bartaraf etib, iOS’ning yangi versiyasini chiqargan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Facebook “Bu bepul va doim bepulligicha qoladi” shioridan voz kechdi

Вс Сен 1 , 2019
Facebook ijtimoiy tarmog‘i ro‘yxatdan o‘tish sahifasida ko‘rinib turuvchi “Bu bepul va doim bepulligicha qoladi” (“It’s free and always will be”) shioridan voz kechdi, deb xabar beradi Meduza. Business Insider nashrining ma’lum qilishicha, mazkur o‘zgarish 6—7-avgust oralig‘ida sodir bo‘lgan va AQSh va Yevropaga davlatlariga taalluqli. Sahifaning eski ko‘rinishi: Eski shior yangisiga — “Tez va […]