Haydovchisiz boshqariladigan “Yandeks” avtomobillari 1 mln kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi

“Yandeks” haydovchisiz boshqariladigan avtomobillari 2018-yilning boshidan buyon Rossiya, AQSh va Isroil bo‘ylab 1 million kilometr masofani bosib o‘tdi, deb xabar beradi “VC.ru”.

Mashinalar ushbu masofaning asosiy qismini barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan yo‘llarda bosib o‘tgan. Kompaniya vakilining so‘zlariga qaraganda, yo‘llarning asosiy qismi Moskva shahri hisobiga to‘g‘ri keladi. Uning ta’kidlashicha, test jarayonlari har qanday ob-havo sharoitida, yo‘llardagi turli vaziyatlarda, sutkaning har qanday vaqtida o‘tkazilmoqda.

2019-yilning boshidan buyon “Yandeks” haydovchisiz boshqariladigan mashinalari 900 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan. 2018-yilda esa ularning ko‘rsatkichi 75 ming kilometrga teng bo‘lgan.

Haydovchisiz boshqariladigan rejimda 1 million kilometr masofani faqatgina ishlaydigan texnologiya mavjudligida bosib o‘tish mumkin. Endi bir haftada million kilometr bosib o‘tishi uchun flotni kengaytirish vaqti keldi.
Bu bizga yo‘l ssenariylarini yanada yaxshiroq o‘rganishimiz, kam uchraydigan holatlarda qanday harakatlanish kerakligi borasida mavjud algoritmlarni takomillashtirish hamda shu orqali texnologiyani yanada rivojlantirish imkonini beradi.
Dmitriy Polishuk, “Yandeks” haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar yo‘nalishi rahbari

“Yandeks”ning sinov flotida 50 dan ortiq mashina mavjud, biroq kompaniya joriy yil oxiriga qadar ularning sonini 100 taga yetkazishni rejalashtirmoqda. 2021-yil oxiriga borib esa ularning soni 1000 taga yetishi mumkin. “Yandeks” 2023-yildan boshlab megapolislarda yo‘lovchilarni haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning qudasi jiyanlari bilan birga militsiya xodimini kaltakladi

Вт Сен 10 , 2019
Tojikistonning Ko‘lob shahrida 8-sentabr kuni Tojikiston aloqa xizmati rahbari va prezident Emomali Rahmonning qudasi bo‘lgan Beg Sabur mahalliy politsiya bo‘limining jinoyat qidiruv xodimi bilan mushtlashdi. Bu haqda Ca-News xabar bermoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat qidiruv xodimi Emomali Rahmon tashrifi arafasida u yuradigan yo‘llardagi obyektlarni tekshirgan. U Ko‘lobda shahar bog‘i yaqinida Beg […]