Instagram yangi messenjerni sinovdan o‘tkazishni boshladi

Facebook Threads deb nomlangan yangi messenjerni ishlab chiqmoqda. Bu haqda TASS xabar beradi.

Foydalanuvchilar matn, foto, video hamda joylashuvlari bilan o‘sha vaqtning o‘zida bo‘lishishlari mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, Threads’da foydalanuvchining onlayn ekani ko‘rinib turadi. Dastur ayni damda test sinovi jarayonida ishlamoqda, biroq Instagram bu haqda izoh berishdan bosh tortgan.

Ma’lumot uchun, Instagram 2010-yilning oktabr oyida foto va videolarni joylashtirish uchun tarmoq sifatida faoliyatini boshlagan va faqatgina Apple kompaniyasining mobil vositalari uchun mo‘ljallangan edi.

2012-yildan boshlab Android foydalanuvchilari ham foydalanishlari mumkin bo‘ldi. Shu yili Facebook Instagram’ni 1 milliard dollarga sotib oldi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

iPhone11 ichki qismining ilk suratlari e’lon qilindi

Вс Сен 1 , 2019
iPhone 11 Pro yoki Pro Maxning ichki detallari taxminiy joylashuvi aks etgan suratlar paydo bo‘ldi. Suratlarni xitoylik blogger GreekBar Weibodagi sahifasiga joylagan deb yozadi Korrespondent.net. Suratda smartfon korpusining yarim qismi, xususan, katta kamera moduli, A13 Bionic protsessori hamda, yirik litiy-ionli batareya aks etgan. Suratdan kamera moduli kattaroq joyni egallaganini payqash mumkin. Ma’lumotlarga […]