iPhone11 ichki qismining ilk suratlari e’lon qilindi

iPhone 11 Pro yoki Pro Maxning ichki detallari taxminiy joylashuvi aks etgan suratlar paydo bo‘ldi. Suratlarni xitoylik blogger GreekBar Weibodagi sahifasiga joylagan deb yozadi Korrespondent.net.

Suratda smartfon korpusining yarim qismi, xususan, katta kamera moduli, A13 Bionic protsessori hamda, yirik litiy-ionli batareya aks etgan.

Suratdan kamera moduli kattaroq joyni egallaganini payqash mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, kamera 3 obyektivdan iborat. Biroq ularning xususiyatlari hozircha ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, SoftBank telekommunikatsiya korporatsiyasi prezidenti Ken Miyauchi iPhone 11 chiqishining taxminiy sanasini bilmay aytib yuborgan edi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Hubble teleskopi Somon yo‘lida joylashgan minglab yangi yosh yulduzlar to‘plamini suratga oldi. Bu haqda Express’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Вс Сен 1 , 2019
Hubble teleskopi Somon yo‘lida joylashgan minglab yangi yosh yulduzlar to‘plamini suratga oldi. Bu haqda Express’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi. Yulduzlar suratga olingan NGC 3603 — gaz va changdan iborat galaktikadagi eng katta hudud hisoblanadi. U Yerdan 20 ming yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan.