Istanbul texnoparki O‘zbekistonda dronlar texnologiyasini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashadi

Memorandumda innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqotlarni hamkorlikda olib borish, ikki davlat olimlari, tadqiqotchilari va muhandislarining eng dolzarb ilmiy masalalarni birgalikda yechishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, xususan, seminarlar, konferensiyalar tashkillashtirishga kelishildi.

Ilmiy-texnologik parklar va inkubatorlarning faoliyatini rejalashtirish, rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha tajriba almashish, texnoparklar rezidentlarining xalqaro bozorga chiqishlarini ta’minlash, texnoparklarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ham ikki tashkilot hamkorligi doirasiga kiritildi.

Imzolangan memorandum doirasida Istanbul texnoparki O‘zbekistonda seysmik tadqiqotlar o‘tkazish, uchuvchisiz texnologiyalar, dron va termokamera tizimlarini yaratish bo‘yicha qo‘shma laboratoriyalar, klasterlar, inkubatorlarni yo‘lga qo‘yish, olimlar uchun hamkorlikda trening va stajirovkalar tashkillashda ko‘maklashishi nazarda tutilgan.

Istanbul texnoparki nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda Qatar, Rossiya, Xitoy, Angliya, Shveysariya, Germaniya, Malayziya kabi mamlakatlarning kompaniyalari bilan hamkorlikda turli sohalarda loyihalar oshirib kelmoqda. Texnopark qoshida inkubatorlar va texnologiyalar transferi idoralari ham joylashgan bo‘lib, ularning barini Turkiya hukumati qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Texnoparkda yuqori texnologiyalarga asoslangan tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi 1500 ta shirkat faoliyat yuritadi. Ayni kunlarda texnopark doirasida taxminan 300 ta loyiha, 5000 ta startap amalga oshirilmoqda, bundan tashqari 44 ta savdo belgisiga standartlar ishlab chiqarilib, ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Butun dunyo bo‘ylab Facebook va Instagram ishida uzilishlar kuzatildi

Вс Июл 28 , 2019
Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida uzilish yuz berdi. Bu haqda turli saytlar ishlashidagi muammolarni kuzatib boruvchi DownDetector resursi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Downdetector’ga Instagram ishida kuzatilgan uzilishlar bo‘yicha 1899 ta xabar kelib tushgan. Facebook hozirda o‘z ishini qayta tiklagan. Uzilishlar asosan Ukraina, Braziliya va Polsha foydalanuvchilarida ro‘y bergani […]