Nihoyat, HongMeng operatsion tizimli ilk gadjet namoyish etildi!

Kuni kecha Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan Global Mobile Internet Conference marosimida Honor TV qisman ko‘rsatildi. Mazkur devaysni Huawei kompaniyasiga qarashli Honor brendi rahbari Jorj Chjao namoyish etdi.

Honor TV – ekrani o‘ta yupqa romli «aqlli» televizor bo‘lib, xitoylik texnogigantning HongMeng operatsion tizimida ishlaydi. Uning selfi-kamerasi «sun’iy ong» tizimi yordamida foydalanuvchining yuzini tanish qobiliyatiga ham ega.

Mazkur televizorning «elektron yuragi» – Honghu 818 protsessori «sun’iy idrok» uchun alohida chipni ham o‘z ichiga oladi. Shuning evaziga Honor TV tasvirni tahlil qilib, yorqinlikni va ranglarning to‘yinganligini o‘zi optimal darajada sozlaydi, shovqinlarni kamaytiradi va kontrastni oshiradi. Ushbu chip videooqimni real vaqt rejimida 30 gerslik 8K yoki 120 gerslik 4K formatiga o‘tkazib bera oladi.

Honor TV old kamerasini videochat orqali muloqot qilish uchun ham, to‘ldirilgan reallik o‘yinlari va ilovalaridan foydalanish uchun ham qo‘llasa bo‘ladi.

Huawei mazkur televizorlar turkumini hozircha faqat Xitoyda sotmoqchi, keyinchalik esa Hindiston va boshqa mamlakatlar bozoriga ham chiqarishi mumkin. Honor TV uchun allaqachon Vmall, Tmall hamda JD.com kabi hamda kompaniyaning o‘z internet-magazinida oldindan buyurtma olish boshlangan.

Darvoqe, janob Chjao so‘zlariga ko‘ra, 9 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Huawei Developer Conference anjumanida yangi smartfon taqdim etiladi. Unda ham yangi – HongMeng operatsion tizimi qo‘llanishi ehtimoldan xoli emas.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Xiaomi kutilmaganda hamyonbop smartfonini yana 30 dollarga arzonlashtirdi!

Вт Июл 30 , 2019
Redmi brendi o‘tgan haftada e’lon qilgan aksiyaga ko‘ra, kompaniyaning mobil akkumulyatori – poverbank xarid qilganlarga Redmi Note 7 Pro modeli uchun chegirma taqdim etilayotgandi. Endi esa ushbu hamyonbop smartfonni Xiaomi Mall rasmiy do‘konida doimiy asosda arzonlashtirib qo‘ydi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, tezkor/doimiy xotira hajmi 6/128 gigabaytlik Redmi Note 7 Pro […]