Novgorodda mo‘g‘ullar davrigacha yashagan zodagonlar sarkofaglari topildi

Arxeologlar Novgorodni mo‘g‘ullar davriga qadar boshqargan boyarlarning qoldiqlari bo‘lgan toshdan yasalgan sarkofaglarini topdi, deb xabar berdi “AiF”.

Olimlar har biri oltita plitadan iborat oltita sarkofagni Georgiyevskiy soboridan topgan. Sarkofaglar uch qator qilib qo‘yilgan bo‘lib, olimlarning taxminiga ko‘ra, XII asrda ularning tomi ibodatxona eshigiga o‘ziga hos zina vazifasini o‘tagan.

Arxeologlar buni noyob topilma deb baholagan. Har bir sarkofagdan 50 yoshlar atrofidagi bir nechta novgorodliklarning qoldiqlari topilgan.

Arxeologlarning ta’kidlashicha, bo‘g‘imlarning yomon bo‘lib ketganiga qaramay, ularning tishlari juda yaxshi saqlangan. Bu esa ularning hayot darajasi yuqori bo‘lgan zodagonlarga mansubligini bildiradi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

To‘qqiz yoshli bola Xitoy janubida 66 mln yillik dinozavr tuxumlarini topdi

Вс Июл 28 , 2019
To‘qqiz yoshli bola Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasining Xeyuan jarligida 66 million yillik toshga aylangan 11 ta dinozavr tuxumlarini topdi. Bu haqda Sina portali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi. Unda aytilishicha, noyob topilma qoldiqlari jarlik hududidagi tuproqning kuchli suv toshqini sabab yuvilib ketishi natijasida topilgan. Har bir tuxumning diametri 9 santimetrni tashkil […]