“Roskomnadzor” butun Ural bo‘ylab Telegram’ni bloklash uchun trafikni filtrlaydigan qurilmani sinovdan o‘tkazmoqchi

“Roskomnadzor” Ural federal okrugida Telegram’ni blokirovka qilish uchun trafikni filtrlaydigan qurilmani sinovdan o‘tkazish ishlarini boshladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

“Ma’lumotlarni avtomatlashtirish va qayta ishlash markazi” oldiga 2019-yil oxiriga qadar butun Uralni ushbu qurilma bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan. Kompaniyani Nokia’ning Rossiyadagi rahbari va sobiq aloqa vaziri o‘rinbosari Rashid Ismoilov boshqarmoqda.

Tizimlar Yekaterinburgdagi operatorlarda o‘rnatib bo‘lingan, Chelyabinsk, Tyumen, Magnitogorsk va boshqa shaharlarda monitoring ishlari davom ettirilmoqda. Asosiy e’tibor internet operatorlariga qaratilgan, filtrlash ishlari sutkalab davom etayotgani yo‘q. Barcha operatorlarda qurilma noto‘g‘ri ishlagan vaqtida filtrlash mexanizmini o‘chirish imkoniyati bo‘ladi.

“Pilot ishga tushirilgach uning foydalanuvchilar va servis ishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatganiga baho berish mumkin bo‘ladi, ya’ni “Roskomnadzor” reyestridagi saytlar bloklandimi yoki ular o‘ringa boshqa resurs taqiqqa tushdimi ko‘rish mumkin bo‘ladi”, — deydi Uraldagi sinovlarda ishtirok etayotgan mutaxassis.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Tik tok’da chechenlar separatizmi va Putin haqida videolarni joylashtirib bo‘lmasligi ma’lum bo‘ldi

Сб Сен 28 , 2019
Xitoyning ByteDance kompaniyasiga qarashli qisqa videolar servisi hisoblangan Tik tok’da Xitoy hukumatining siyosatiga qarshi bo‘lgan materiallarni joylashtirib bo‘lmaydi. Bu haqda Tik tok operatorlarining yo‘riqnomasida yozib qo‘yilgan, deb yozmoqda The Guardian’ga asoslanib Meduza. Nashr avval bu hujjatlar hech qayerda chop etilmaganligiga urg‘u bergan. Tik tok’da taqiqlangan kontent ikki turga bo‘linadi. Birinchi kategoriyaga mansub video […]