Rossiyada istalgan qiyofaga kira oladigan Robo-C roboti sotuvi boshlandi

Rossiya va Sharqiy Yevropadagi robot ishlab chiqaruvchi eng yirik Promobot kompaniyasi insonlarga o‘xshaydigan Robo-C qurilmalari sotuvini boshladi, deb xabar beradi The Bell.

Robot istalgan kishining qiyofasiga kirishi mumkin. Buyurtmachilar ishlanmani insonlarga yaqin kishisining o‘rnini bosa olish imkoni berishiga ishonmoqda.

Robot ilk marta aprel oyida Skolkovo Robotics forumida namoyish etilgan. O‘shanda kompaniya yangi model uchun oldindan buyurtma qabul qila boshlagan edi. 27-sentabrdan esa ushbu robotlar keng savdoga chiqarildi.

Kompaniya saytida “robot butunlay antropomorfik mashina” deb aytiladi: u ko‘zi, qoshi, labi va yuzining “mushaklarini” harakatga keltirishi mumkin (robot inson mikromimikasining 600 variantlarini takrorlay oladi), shuningdek, suhbatni davom ettiradi va savollarga javob beradi.

Robot sun’iy teri yaratish texnologiyasi tufayli haqiqiy insondek ko‘rinadi. Kompaniya robotdan maslahatchi (masalan, qabulxonada yoki do‘konda), ma’mur (u biznes muzokaralarini yozishi mumkin), uy yordamchisi (Android suhbatdoshi bo‘lishi va “aqlli uy” tizimi bilan ishlashi mumkin) sifatida foydalanishni tavsiya qiladi.

Robotning narxi 1,2 million rubldan uch million rublgacha deb baholanmoqda.

Kompaniya robotlarning ikki variantini taqdim etmoqda: Bu buyurtmachi xohishiga ko‘ra individual yuzga ega robot (bunday robotlar uch oy davomida tayyorlanadi) yoki kompaniya taklif etayotgan shablon bo‘yicha yasaladigan robotlar (bunday variantni yaratish uchun ikki oy vaqt talab qilinadi).

Shuningdek, robotning tana tuzilishining bir necha variantlari mavjud. Birinchi holda robot faqat bosh va bo‘yindan iborat bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi holda esa robotlashtirilgan kalla bo‘yindan pastki qismga ham ega bo‘lishi mumkin. Bunday holda robotning tanasi biron narsaga o‘rnatilishi mumkin. Masalan, robot xuddi stulda o‘tirgandek ishlanadi. Qayd etilishicha, ikkala holatda ham robotning faqat boshi harakatlanadi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Turkmanistonda konditsioner o‘rnatishga bo‘lgan qat’iy talablar yanada kuchaytirildi

Сб Сен 28 , 2019
Ashxobod hokimiyati konditsioner o‘rnatishga bo‘lgan ancha qat’iy talablarni yanada kuchaytirdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi. Avval ashxobodliklarga markaziy ko‘chalardagi ko‘p qavatli uylarning asosiy qismi tomonga konditsionerning tashqi blokini joylashtirishi taqiqlangandi. Endi kommunal xizmatlar xodimlari bloklarni hovli tomondagi devorlarga mustahkamlagan fuqarolarga e’tiroz bildirmoqda. Aholi vakillariga ichki hovli tomonda trubka chiqarishni taqiqladi, ya’ni […]