Tik tok’da chechenlar separatizmi va Putin haqida videolarni joylashtirib bo‘lmasligi ma’lum bo‘ldi

Xitoyning ByteDance kompaniyasiga qarashli qisqa videolar servisi hisoblangan Tik tok’da Xitoy hukumatining siyosatiga qarshi bo‘lgan materiallarni joylashtirib bo‘lmaydi. Bu haqda Tik tok operatorlarining yo‘riqnomasida yozib qo‘yilgan, deb yozmoqda The Guardian’ga asoslanib Meduza. Nashr avval bu hujjatlar hech qayerda chop etilmaganligiga urg‘u bergan.

Tik tok’da taqiqlangan kontent ikki turga bo‘linadi. Birinchi kategoriyaga mansub video ijtimoiy tarmoqdan o‘chiriladi va uni yuklagan foydalanuvchi bloklanishi mumkin. Ikkinchi toifadagi video Tik tok’da qoladi, lekin servis algoritmlari uning ommaviylashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Foydalanuvchi esa nima uchun o‘z videosi ko‘p ko‘rilmayotganini tushuna olmay xunob bo‘ladi. Aslida uning materiali ikkinchi toifaga mansub deb topilgan.

Birinchi toifaga “Falungun” harakati, “Aum Sinrike” oqimi yoki “Momo” internet o‘yinini qo‘llab-quvvatlovchi videolar kiradi. Ikkinchi kategoriyada esa Xitoy siyosatini tanqid qiluvchi, Kambodjadagi millatchilikka qarshi Tyanmenyi maydonidagi namoyishlari haqidagi videolar bor. Shuningdek, Tik tok millatlararo, diniy nizolar va zamonaviy separatizm, xususan, Checheniston, Shimoliy Irlandiya, Tibet va Tayvandagi voqealarga oid materiallar tarqalishiga ham yo‘l qo‘ymaydi.

Shu bilan birga servis 20 nafar xorijlik yetakchi rahbarga oid stop-listga ham ega. Ular sirasiga Shimoliy Koreya sobiq rahbarlari Kim Ir Sen va Kim Chen Ir, hozirgisi Kim Chen In, Hindiston ozodligi harakati yetakchisi Maxatma Gandi, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Yaponiya hukumati rahbari Sindzo Abe, AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin kiradi. Ro‘yxatga Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin kiritilmagan.

ByteDance bayonotida The Guardian nashr etgan hujjatlar 2019-yildan o‘z kuchini yo‘qotganini bildirgan. Kompaniya moderatorlar uchun yangi yo‘riqnomalarda muayyan mamlakat yoki nizolar haqida eslatmalar yo‘qligini ta’kidlagan.

“Endi biz hududlarga moslashgan holda faoliyat olib boryapmiz. Moderatsiya siyosati uchun lokal ya’ni kontentni yaxshi tushunadigan moderatorlar ishga yollanadi”, — deyiladi ByteDance bayonotida. Shuningdek, kompaniya o‘z axborot siyosatida kontent borasida ko‘proq shaffoflikka intilishini bildirgan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Habib Nurmagomedov qachon jang qilishi ma’lum bo‘ldi

Сб Сен 28 , 2019
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov keyingi jangini 2020-yilning mart yoki aprelida o‘tkazadi. Bu haqida yakkakurashchining menejeri Rizvan Magomedov “TASS”ga ma’lum qildi. Avvalroq rossiyalik sportchiga Jorj Sen-Pyer raqib bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi. Shuningdek, Toni Fergyuson ham Habibni bir necha bor jangga chorlagan. Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov AbubDabi bo‘lib o‘tgan UFC 242 musobaqasida Dastin Poryeni […]