To‘qqiz yoshli bola Xitoy janubida 66 mln yillik dinozavr tuxumlarini topdi

To‘qqiz yoshli bola Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasining Xeyuan jarligida 66 million yillik toshga aylangan 11 ta dinozavr tuxumlarini topdi. Bu haqda Sina portali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Unda aytilishicha, noyob topilma qoldiqlari jarlik hududidagi tuproqning kuchli suv toshqini sabab yuvilib ketishi natijasida topilgan. Har bir tuxumning diametri 9 santimetrni tashkil etadi. Avvaliga bola ularning biriga duch kelgan, keyin esa mahalliy muzey xodimlari bilan birga qo‘shimcha ishlar olib borilgan va yana 10 ta shunday tuxum topilgan.

“Bu qanday dinozavrga tegishli ekanligini aniqlash mushkul. Bunga aniqlik kiritish uchun qo‘shimcha izlanish talab etiladi”, — degan Xeyuan shahrdagi Dinozavr muzeyining ilmiy bo‘lim boshlig‘i Xuan Chjitsin

Uning ta’kidlashicha, yaqin atrofda boshqa qimmatbaho topilmalar bo‘lishi mumkinligi sababli paleontologlar yaqin kunlarda qazish ishlarini olib boradi va bu joyni sinchkovlik bilan o‘rganadi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Xitoyda birinchi marta xususiy raketa uchirildi (video)

Вс Июл 28 , 2019
Xitoyning i-Space xususiy kompaniyasi Hyperbola-1 to‘rt bosqichli ixcham raketa tashuvchini muvaffaqiyatli uchirdi. «Korrespondent.net»ning xabar berishicha, orbitaga ikkita sun’iy yo‘ldosh chiqarilgan. Raketa Xitoy shimoli-g‘arbida joylashgan Gansu provinsiyasining Szyutsyuan kosmodromidan uchirilgan. Bu Xitoyda xususiy kompaniya tomonidan yaratilgan raketa tashuvchining birinchi marta muvaffaqiyatli uchirilishi hisoblanadi. Hyperbola-1’ning umumiy uzunligi 20,8 metrni, korpusning maksimal diametri esa […]