WhatsApp messenjeri 2020-yilda boshlab ayrim smartfonlarda ishlashdan to‘xtaydi

2020-yil 1-fevraldan boshlab WhatsApp eskirgan operatsion tizimlardagi messenjerini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Bu haqda messenjer dasturchilari o‘z blogida ma’lum qildi.

O‘zgarishlar Android va iOS qurilmalariga tegishli, xususan, messenjer Android 2.3.x (Gingerbread) hamda 2014-yilgi iOS 8’da ishlashdan to‘xtaydi.

Bu turdagi operatsion tizimda ishlaydigan qurilmalardan foydalanuvchilarga o‘z operatsion tizimini yangisiga o‘zgartirish taklif etiladi. Android 2.3.x va iOS 8’da ishlaydian smartfonlarda yangi akkaunt yaratish yoki mavjud akkauntlarni verifikatsiyadan o‘tkazishning imkoni yo‘qoladi.

Shuningdek, dasturchilar Windows Phone’ning barcha versiyalari joriy yilning 31-dekabridan boshlab qo‘llab-quvvatlanmasligini bildirgan.

WhatsApp — ma’lumot almashishga mo‘ljallangan dunyodagi eng mashhur messenjerlardan biri. 2018-yilning fevralidagi ma’lumotlariga ko‘ra, messenjerdan 1,5 milliard odam foydalangan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Buzib tashlangan Ezidyor to‘yxonasining egasiga “Sayohat” restorani rasmiylashtirib berildi

Вт Окт 1 , 2019
2003-yildan buyon Toshkent shahrida zamonaviy biznes markaz sifatida xizmat ko‘rsatib kelgan, Ezidyor nomi bilan mashhur to‘yxona buzilishi, yo‘qotilgan mol-mulkka kompensatsiya to‘lash masalasi ijobiy hal etildi. Bu haqda Grand duet MChJ O‘zbekiston—Birlashgan Arab Amirligi qo‘shma korxonasi rahbari Sherzod Sobirovning so‘zlariga asoslanib, “Togri.uz” xabar berdi. Sherzod Sobirov boshqaruvidagi restoran buzilishi ortidan hukumatning alohida bayonnomasi […]