Xitoyda birinchi marta xususiy raketa uchirildi (video)

Xitoyning i-Space xususiy kompaniyasi Hyperbola-1 to‘rt bosqichli ixcham raketa tashuvchini muvaffaqiyatli uchirdi. «Korrespondent.net»ning xabar berishicha, orbitaga ikkita sun’iy yo‘ldosh chiqarilgan.

Raketa Xitoy shimoli-g‘arbida joylashgan Gansu provinsiyasining Szyutsyuan kosmodromidan uchirilgan. Bu Xitoyda xususiy kompaniya tomonidan yaratilgan raketa tashuvchining birinchi marta muvaffaqiyatli uchirilishi hisoblanadi.

Hyperbola-1’ning umumiy uzunligi 20,8 metrni, korpusning maksimal diametri esa 1,4 metrni tashkil etadi. Parvoz og‘irligi 31 tonnani tashkil qiluvchi raketa 500 km balandlikka 260 kilogrammgacha bo‘lgan yukni olib chiqishi mumkin.

i-Space kompaniyasiga 2016-yilda asos solingan. U kichik raketa tashuvchilarni ishlab chiqarib, uning arzon narxda, lekin yuqori sifatli bo‘lishiga e’tibor qaratadi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Facebook AQShda 5 mlrd dollar jarimaga tortildi

Вс Июл 28 , 2019
AQSh federal savdo komissiyasi foydalanuvchilarga tegishli ma’lumotlar oshkor bo‘lgani uchun Facebook 5 milliard dollar jarimaga tortilishini rasman ma’lum qildi. Rasmiylar bilan kelishuv doirasida jarimadan tashqari kompaniya asoschisi Mark Sukerberg maxfiylik talablariga rioya etilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Kompaniya tomonidan mazkur me’yorlarga rioya qilinmagan taqdirda Sukerberg, jumladan, jinoiy javobgarlikka ham tortilishi mumkin.