Yana ikkita tarif rejasida internet tezligi 150 foizga oshdi!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi 2019 yil 27 iyuldan boshlab UNLIM 4 va UNLIM 6 tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Bu to‘g‘rida kompaniya rasmiy saytida xabar berilgan.

Xabarga ko‘ra, 2019 yil 27 iyuldan boshlab UNLIM 4 va UNLIM 6 tarif rejalaridan foydalanuvchi Uzonline abonentlari uchun ulanish tezligi bir yarim baravarga ortadi va mos ravishda 6 va 10 Mbit/s ni tashkil qiladi, oylik abonent to‘lovi esa o‘zgarishsiz qoldiriladi. Shu tariqa, endi 6 Mbit/soniya tezlikdagi cheksiz Internet narxi 99000 so‘mni, 10 Mbit/soniya tezlikda bo‘lgan tarif rejasi esa 119000 so‘mni tashkil etadi.

Internetga ADSL texnologiyasi orqali ulangan UNLIM 6 tarif rejasidagi abonentlar uchun tarifning arzonlashtirilgan narxi 99000 so‘mni tashkil qiladi. Yangi narx 2019 yil 27 iyuldan boshlab keyingi hisobot davrining birinchi kunidan amal qiladi (har bir abonent uchun alohida shaklda).

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Yangisidan bor!

Вт Июл 30 , 2019
Mana, iyul oyining so‘nggi kunlari ham o‘tib bormoqda. Ushbu oxirgi ikki hafta ichida texnoolamda ko‘plab o‘zgarish va rivojlanishlar yuz berdi. Mana shunday yangiliklar qatorida shu muddat ichida Google Play Store’da e’lon qilingan va yangilangan ilovalar ham bor. Ayni damda Terabayt sahnasida iyul oyining ikkinchi yarmidagi eng ommabop Android o‘yin va […]