Qoraqalpog‘istondagi «dinozavr tuxumlari»ni ko‘rganmisiz?

AFSUSKI, MANA SHUNDAY AJOYIB MASKANLARDAN TURISTIK SALOHIYATINI KO‘TARISH MAQSADIDA OQILONA FOYDALANILMAYAPTI

Nukusdan 30 km. olisda joylashgan Amudaryo tumanidagi ushbu toshlar Tetis ummoni esdaliklaridir.

Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga qarashli «Nazarxan» OFY hududida, G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtotrassasining bo‘yidagi tepalikda yuzlab sochilayotgan sharsimon toshlarni ko‘p marotaba ko‘rsak ham lekin unga unchalik e’tibor qaratavermaymiz. Dunyoning ba’zi davlatlarida shu kabi toshlarni og‘zaki tilda «dinozavr tuxumlari» deyishadi.

Bu kabi toshlarni bejizga dinozavr tuxumiga qiyoslamaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning yoshi 50-60 mln. yilni tashkil qiladi.

Fanda Moyeraki toshlari deb nom berilgan sharsimon toshlar geologik nuqtai nazardan olib qaraganda, kaltsiy bilan okeanning minerallashgan tuzlarining hamda sozli to‘proqning birikishidan hosil bo‘ladi.

Nukusdan 30 km. olisda joylashgan Amudaryo tumanidagi ushbu toshlar Tetis ummoni esdaliklaridir. Million-million yillar avvallari ularning diametri 2-2,5 metr kattalikda bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan yemirilib, qobiqlarini yechib tashlab kela bergan. Hozirda bularning diametri 0,3-0,5 metrlar atrofida. Bu kabi sharsimon toshlar hozirda Yangi Zelandiya orollarida, Avstraliyada va Qozog‘istonning Manqishloq viloyatlarida ham uchrashadi va turistlarning sevimli ob’yektlariga aylangan.

Nazarxan OFY turg‘uni Ongarbay og‘aning ta’kidlashicha, shunday sharsimon toshlar hududdagi boshqa joylarda ham ko‘plab uchrashadi. Agar ushbu toshlarning tagi kovlansa, qozondek keladigan qobiqlari chiqadi. Mahalliy aholi esa u qobiqlarni uylarining fundamentiga foydalanish uchun qazib olmoqda.

Bahor kelishi bilan ushbu hududlar o‘ziga xos ajoyib manzara hosil qiladi. Sayyohatga chiquvchilar toshlar qoshida selfiga tushadi. Nukuslik olim Yusup Kamalov esa kun ilishi bilan «dinozavr tuxumlari» sochilgan tepaliklarda deltaplanda uchishni xo‘sh ko‘radi. Yoz oylarida esa yaqin joylardagi tuzli ko‘llarda odamlar davolanish uchun tashrif buyuradi.

Afsuski, mana shunday ajoyib maskanlardan turistlik salohiyatni ko‘tariщ maqsadida oqilona foydalanilmayapti.

Ye.Qanoatov, O‘zA

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Qoraqalpog‘istonlik taniqli jurnalist Qozog‘istonga sayohat qildi

Вс Июл 28 , 2019
Ilk taassurotlar: chegara, tenge, Olmati, tirbandlik… Ko‘pdan kutgan sayohatimni birinchi Olmati shahridan boshlamoqchi bo‘lib, Toshkent shahri Olmazor metrosi yonidagi «Toshkent» avtobus bekatiga keldim. Turistik klass saloniga ega zamonaviy avtobuslarning qatnovi oraga 17 yil solib qayta tiklangan ekan. Avtobuslar kuniga 3 marta yuradi. Soat 18.00dagi reysga chipta olib joylashdim. Narxi ham […]