Yaponiyaning mashhur gazetasida Qoraqalpog‘iston va Orol dengizi sayyohlik salohiyati namoyish etildi

Yaponiyaning mashhur «Asahi shimbun» gazetasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orol dengizining sayyohlik salohiyatiga doir fotojamlanma va izohlar chop etildi, deya yozadi kun.uz. Unda O‘zbekistonning so‘nggi vaqtlarda ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otayotgan, dunyo ahliga hali yaxshi tanish bo‘lmagan manzaralari aks etgan.

«Asahi shimbun» Yaponiyaning kuniga 5 million nusxada chop etiluvchi top-3 gazetalaridan biridir.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik tobora rivojlanib bormoqda. Yaponiya fuqarolari uchun vizalarning bekor qilinishi esa yaponlarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda.

Bundan avval NHK World — Japan’da O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati oshib borayotganiga doir videolavha taqdim etilgani haqida ma’lum qilingan edi. Unda uzoq yillardan keyin O‘zbekistonda sayyohlar oqimi ko‘paygani kuzatilayotgani haqida so‘z yuritilgan.

Shuningdek, Kun.uz’da yaponiyalik taniqli kinorejissyor Kiyosi Kurosava ishchi nomi «Yer chekkasi tomon» deb nomlangan filmni hamkorlikda suratga olayotgani haqida xabar berilgan. Mazkur film O‘zbekiston-Yaponiya diplomatik aloqalarining 25 yilligi va Ikkinchi jahon urushidan so‘ng qisman yapon askarlari tomonidan qurilgan Toshkentdagi Alisher Navoiy teatrining 70 yilligiga bag‘ishlanadi.

Turizm salohiyatiga doir maqolalar, videolavhalar va filmlarning ko‘payishi yaponiyalik sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilish va turistlar oqimini oshirishga doir ishlarning faol olib borilayotganidan dalolatdir.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Orolbo‘yida sement ishlab chiqarish bo‘yicha yana bir yangi zavod ishga tushirildi

Вс Июл 28 , 2019
Davlatimiz rahbarining joriy yil 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi u yerda yashovchi xalqqa ko‘tarinki kayfiyat baxsh etishi barobarida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni yangidan-yangi g‘oya va tashabbuskorlikka undagani ayni haqiqatdir. Tashrif doirasida iqtisodiyotning boshqa sohalari qatori sanoatning qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog‘idagi loyihalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Tadbirkorlarni mavjud imkoniyatlar […]